MATKARIMOV SANJARBEK MAMADOVICH
“DM DRIVE” MCHJ kompaniyasi haqida (Namangan filial)
“DM DRIVE” MCHJ — O‘zbekiston avtomobil bozorida faoliyat yurituvchi, zamonaviy avtomobillarni import qilish, distribyutsiya va realizatsiya qilishga ixtisoslashgan kompaniya.
Kompaniya GREENERGY savdo brendi ostida Xitoy Xalq Respublikasining yetakchi avtomobil ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlik qilib, O‘zbekiston bozoriga zamonaviy, innovatsion, yuqori texnologiyali hamda ekologik toza avtomobillarni yetkazib beradi.
“DM DRIVE” MCHJ O‘zbekiston Respublikasida ARCFOX va DONGFENG FORTHING avtomobil brendlarining rasmiy distribyutori hisoblanadi.
Kompaniya GREENERGY brendi ostida respublika bo‘ylab rivojlanib borayotgan avtosalonlar va dilerlik markazlari tarmog‘i orqali mijozlarga keng turdagi elektromobillar, gibrid hamda an’anaviy ichki yonuv dvigatelli avtomobillarni taklif etadi.
Kompaniyaning ustuvor yo‘nalishlari — xalqaro avtomobil ishlab chiqaruvchilari bilan strategik hamkorlikni mustahkamlash, O‘zbekiston avtomobil bozoriga ilg‘or texnologiyalarni olib kirish, rasmiy dilerlik tarmog‘ini kengaytirish hamda mijozlarga yuqori sifatli savdo va sotuvdan keyingi servis xizmatlarini taqdim etishdan iborat.
GREENERGY — zamonaviy texnologiyalar, ishonchli hamkorlik va kelajak avtomobillarini birlashtiruvchi brend.